O‘zgidromet -24 daraja sovuq bo‘lishi haqida ogohlantirdi

Olam

image

Joriy yilning 9-12 dekabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida anomal past havo harorati: kechalari 5-10 sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida kechalari 17-22 sovuq, 9-10 dekabrda ba’zi joylarda 24 sovuqgacha, kunduz kunlari 4-9 daraja sovuq saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markai xabar berdi. 

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi hali ham sovuq antisiklon ta’siri ostida bo‘ladi. 

Bugun respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi, respublika janubida yomg‘ir va qor ko‘rishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 0-5 daraja sovuq, shimolda va cho‘l hududlarda 4-9 daraja sovuq atrofida bo‘ladi, bu ushbu kunning iqlimiy qiymatlaridan 8-10 darajaga pastdir. 

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida sovuq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, shimolda va cho‘l hududlarda kechalari 17-22 daraja sovuq, 10 dekabrda ba’zi joylarda 24 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 4-9 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. 

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1522

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing