O‘zganing yalang‘och tasvirini tarqatganlar uch yilgacha qamalishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘zgalarning yalang‘och holdagi tasvirini tarqatganlar uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. 

“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, endilikda shaxs tanasining yoki jinsiy a’zolarining yalang‘och holdagi foto yoki videotasvirini o‘z ichiga olgan axborotni uning roziligisiz tarqatish, yoki tarqatish bilan qo‘rqitish qilmishlari uchun Kanada, Germaniya, Angliya, Shotlandiya, Yaponiya, Avstraliya, AQSHdagi kabi jinoiy ta’qib belgilanib, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qonunga ko‘ra, endilikda turmush o‘rtog‘ini haqoratlagan shaxs 6 million so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin. G‘arazli niyatlar bilan turmush o‘rtog‘ini kaltaklab, badaniga og‘ir tan jarohati yetkazish esa 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shuningdek, jamoat joyida shilqimlik qilgan shaxs 1,5 milliongacha jarimaga tortilishi yoki besh sutkagacha qamalishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing