O‘zgacha sifatga ega va kafolatli quvasoycha shiferlar

Biznes

Ma’lumki, O‘zbekistondagi eng sifatli shiferlar Farg‘onaning Quvasoy shahrida ishlab chiqariladi. Qurilish materiali u yerdan O‘zbekistonning turli hududlariga yetkazib beriladi hamda qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilinadi. 

Quvasoy shiferlarining siri nimadaki, bu qadar mashhur bo‘lgan? Sifatli shiferlarni qanday qilib ajratib olish mumkin? QALAMPIR.UZ bu gal aynan Farg‘onaning Quvasoy shahriga tashrif buyurdi hamda u yerdan maxsus lavha tayyorladi.

Odam qulay muhitda umrguzaronlik qilishi uchun, avvalo, u yashayotgan uy shinam va mustahkam bo‘lishi zarur. Uyning shinamligi, turli vaziyatlarda mustahkam turib bera olishi, dekorativ jihatdan boyligi bevosita uning tomiga ham bog‘liq. Farg‘onaning Quvasoy shahrida mustahkam tom yopmalarni, ya’ni, shiferlarni bir necha yillardan buyon odamlarga yetkazib kelayotgan “Quvasoy chek shifer” zavodi mavjud bo‘lib, u haqiqatdan ham “O‘tda yonmas, suvda cho‘kmas" mahsulotlarni ishlab chiqarmoqda.

Sifatli shiferlar qanday ishlab chiqariladi?

Mazkur zavodda tayyorlanayotgan shiferlar boshqalarnikiga qaraganda ancha elastik hisoblandi. Bunga sabab esa zavodda ishlab chiqarish jarayoni ancha mexanizatsiyalashtirilgani bo‘lib, xomashyolarni qorish, presslash, shaklga solishdan tortib, brend nomini logolashgacha bo‘lgan ishlarni maxsus uskunalar bajaradi. Ularni boshqarish hamda laboratoriya nazoratidan o‘tkazish esa mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

“Quvasoy chek shifer” zavodining yangi texnika va texnologiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nosirjon Qurbonovning aytishicha, ular tomonidan tayyorlanayotgan shiferlar tarkibidagi xom-ashyolar to‘g‘ri proporsiyada aralashtirilib, xar bir maxsulot labaratorik taxlilardan utgazilgan xolda ishlab chikariladi. Natijada esa yuqori mustahkamlikka ega mahsulot olinadi.

“Bizning korxonamizda ishlab chiqarilayotgan shiferlarning asosiy tarkibini sement va asbest xomashyosi tashkil etadi. Sifatli asbest ashyosini biz Rossiya davlatidan to‘g‘ridan to‘g‘ri import qilsak, sementni o‘zimiz ishlab chiqaramiz. Har ikkala xomashyoning sifati yuqori bo‘lganligi bois biz ishlab chiqarayotgan shifer mahsulotlari ham ancha mustahkam. Ishlab chiqarayotgan shiferlarimiz yong‘in xavfsizligi talablariga to‘liq javob beradi, binoning konstruksiyasiga hech qanday ortiqcha ta’sir o‘tkazmaydi”, deydi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur shiferlar turli iqlim sharoitiga chidamli bo‘lib, boshqa tom yopish qoplamalariga qaraganda issiqlikni hamda shovqinni o‘tkazish darajasi ancha past. Favqulodda vaziyatlar bo‘lib qolganda ham boshqa qoplamalardan ko‘ra, asbest shiferlar ancha samaraliroqdir.


 
“Quvasoy chek shifer” sexlarining faoliyati haqida

“Quvasoy chek shifer” zavodi o‘n besh yillik tajribaga ega bo‘lib, bugungi kunda birgina bosh sexning o‘zida uch yuzga yaqin xodim ishlab kelmoqda. Kun-u tun to‘xtovsiz mahsulot tayyorlayotgan zavodda 13 sohadagi mutaxassislar ikki smenada faoliyat yuritadi.

“Quvasoy chek shifer” ishlab chiqarish sexining rahbari Umidjon Ibragimovning so‘zlariga ko‘ra, korxona Quvasoy shahri hamda Chinoz tumanida ham filiallarga ega bo‘lib, u yerdan Respublikaning turli hududlari hamda qo‘shni davlatlarga shiferlar yetkazib bermoqda.

“Bizning seximiz Quvasoy shahrining Isfayramsoy qishlog‘ida joylashgan. Ayni shu hududda yana bir ishlab chiqarishga mo‘ljallangan seximiz mavjud. Uchinchi ishlab chiqarish seximiz Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan bo‘lib, u yerda ikkita maxsus liniya joriy yildan o‘z ishini boshladi. Biz bir kunda o‘rtacha asosiy zavodimizda 15 ming, boshqa filiallarimizda esa 20 ming dona asbest shifer ishlab chiqaramiz. Bizning mahsulotlarimiz asosan qo‘shni mamlakatlar Tojikiston hamda Qirg‘iziston Respublikalariga ekspert qilinadi. Birgina 2023 yilning o‘zida Qirg‘isizton Respublikasiga 700 ming dona mahsulotni yetkazib berdik”, deydi u.

Mahalliy bozorlarda quvasoycha shiferlarga talab yuqori bo‘lganligi bois, boshqa bir nechta shifer ishlab chiqaruvchi zavodlar ham shu nomdan foydalanib, bozorlarda o‘z mahsulotlarini sotishmoqda. Ammo Quvasoy shahrida faqatgina uchta shifer ishlab chiqaradigan zavod bo‘lib, ular “Quvasoy chek shifer”, “Quvasoy shifer hrizotel”, “Quvasoy shifer invest” nomlari ostida faoliyat olib borishadi.

Shuning uchun ham mutaxassislar bu borada odamlarni ogohlikka chorlab, aldanib qolmasliklarini, shiferlarni xarid qilishda brend logosiga e’tibor berishlarini so‘raydi. Ular xaridorlarga bu borada yordam berish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ham yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, u yerdagi telefon raqamlar orqali fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

Aloqa uchun telefon +99899-376-44-44 | +99898-575-10-07

Instagram’da yangiliklardan xabardor bo‘ling

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring cheryauto.uz 

                   Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing