“O‘zga sayyoraliklar” bo‘lmaganida “Oltin to‘p” kimlarga nasib etgan bo‘lardi?

Sport

image

“Oltin to‘p”ning rasmiy Twitter sahifasida “Inter Mayami” va “Al-Nasr” hujumchilari Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bo‘lmaganida yilning eng yaxshi o‘yinchisi sovrinini kimlar qo‘lga kiritishi mumkinligi e’lon qilindi.

“Oltin to‘p” rasmiy hisobga ko‘ra, Messi va Ronaldu hukmronligi davrida yarim himoyachilar Xavi va Andres Inesta, shuningdek, hujumchi Neymarga (PSJ) ikki martadan, Fernando Torres, Frank Riberi, Manuel Noyerga (“Bavariya”) bir martadan nasib etishi mumkin edi. Shuningdek, Antuan Grizmann (“Atletiko Madrid”), Virjil van Deyk (“Liverpul”) va Robert Levandovski (“Barselona”) ham sovringa ega chiqardi.

E’tiborlisi, Noyer Lev Yashindan keyin “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan tarixdagi birinchi darvozabonga aylanishi mumkin edi.

Ma’lumot uchun, Messi “Oltin to‘p”ni yetti marta (2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019 va 2021) qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ronaldu besh marta (2008, 2013, 2014, 2016, 2017) yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Oltin to'p

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing