O‘zFHM rahbari Laziz Qo‘chqorov lavozimidan ozod etildi

Sport

image

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi (O‘zFHM) rahbari Laziz Qo‘chqorov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zFHM xabar berdi.

“Ikki yarim yillik faoliyatim davomida hakamlik sohasini rivojlantirish, hakamlarning halol va jozibali ish olib borishiga va markaz uchun ijobiy islohotlar o‘tkazishga bor kuchim bilan harakat qildim. Ushbu yo‘nalish men uchun katta tajriba bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, butun o‘zbek futboli jamoatchiligiga, jonkuyar muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Markazning kelgusi faoliyatiga esa faqat muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolaman!”, deydi Laziz Qo‘chqorov.

Ma’lumot uchun, Laziz Qo‘chqorov 2022 yil 16 iyundan markaz rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Laziz Qo'chqorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar