“O‘zbekkonsert”: Madaniyat vazirligi Yulduz Usmonovaning harakatlarini qayta ko‘rib chiqadi
Madaniyat-san’at
−
05 may 2020
30368O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning odob-ahloq masalasi Madaniyat vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan videotasvirdagi haqoratomuz videomurojaati uchun O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish masalasi boshlanganligi inobatga olinib, san’atkorning odob ahloq va hatti-xarakatlari bo‘yicha Madaniyat vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan navbatdan tashqari ko‘rib chiqiladi. Kengash qarori natijasi yuzasidan ma’lumot beriladi”, deyilgan muassasa xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Usmonova internetni portlatgan videosida Ichki ishlar organlari xodimini nomardlikda ayblagan. U uyi oldida to‘plangan xayriyani manziliga yetkazish uchun YPX xodimidan yordam so‘raganini, u bilan kelishgan xodim esa kelmaganini aytib, ichki ishlar xodimlarini haqoratli so‘zlari bilan “savalagan”.
Avvalroq, videoga Madaniyat vazirligi munosabat bildirib, Yulduz Usmonova tanbeh bergandi. “O‘zbekkonsert” xabaridan ko‘rinib turibdiki, xonandaga tanbeh berishninng o‘zi kifoya qilmagan.
Mazkur video bo‘yicha ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov bilan suhbatlashganimizda, u xonandaning ruxiy sog‘lomligiga shubha bildirib o‘tgandi.
LiveBarchasi