“O‘zbekkonsert”ga yangi rahbar tayinlandi

Madaniyat-san’at

image

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi.

“Vazirlikning ijro apparati rahbari, yetuk mutaxassis, o‘z ishining ustasi, mustaqil fikriga ega, prinsipial, madaniyati va ma’naviyati kuchli, to‘g‘riso‘z, shuningdek, hamkasblari bilan munosabatda diplomat, jamoaning manfaati yo‘lida o‘z shaxsiy manfaatlariga qarshi bora olishga qodir, vazirlikning umummaqsadi yo‘lida sobitqadam, munosib o‘rniga ega yosh rahbar Jamoliddin Erkinovich Uzoqovga mas’uliyatli vazifa yukladik.

Turli masalalarda o‘z shaxsiy fikriga ega ekanini, asosiysi, jamoa ahilligini ta’minlash, bir maqsad yo‘lida mushtarak qilishda, o‘z ishiga jiddiy yondoshgan holda prinsipial pozitsiyadan turib muassasaning oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishini inobatga olib, Jamoliddin Erkinovich Uzoqovni vazirlikda Ijro apparati rahbarligi bilan bir qatorda, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari lavozimiga tayinladik”, deb yozadi Madaniyat vaziri.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning noyabr oyida Madaniyat vazirligi Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Anvarjon Yo‘ldoshevich Tojiboyev “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing