O‘zbekistonning jinoyatchilik indeksidagi o‘rni ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2021
9714Osiyo mamlakatlarining 2021 yildagi jinoyatchilik va xavfsizlik darajasi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi. Jinoyatlar ko‘p kuzatilgan davlatlar orasida O‘zbekiston ham bo‘lib, u 19-o‘rindan joy oldi.
Reytingda Afg‘oniston (1-o‘rin), Suriya (2-o‘rin) va Bangladesh (3-o‘rin) eng ko‘p jinoyatchilik qayd etilgan davlat deb topildi.
Eng xavfsiz deb topilgan Qatar (43-o‘rin) ro‘yxatning oxirgi o‘rnini egalladi. Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari (42- o‘rin), Tayvan (41-o‘rin), Omon (40-o‘rin) va Gonkongda (39-o‘rin) ham jinoyatchilik indeksi pastligi sabab reytingning so‘nggi o‘rinlaridan joy oldi.
Osiyoning rivojlangan mamlakatlari Yaponiya (38-o‘rin), Saudiya Arabistoni (35-o‘rin), Janubiy Koreya (33-o‘rin), Singapur (32-o‘rin), Xitoy (30-o‘rin) ning ham jinoyatchilik indeksi past davlat deb topilgan.
MDH davlatlaridan Qirg‘iziston 5-o‘rin, Moldova 7-o‘rin, Qozog‘iston 8-o‘rin, Ozarbayjon 27-o‘rinni egalladi. Tojikiston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 uchun Uyushgan jinoyatchilik darajasi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston 90-o‘rinni egallagan edi.
LiveBarchasi