Davlatlarning uyushgan jinoyatchilik bo‘yicha reytingi tuzildi. Unda O‘zbekiston ham bor
Jamiyat
−
08 Oktabr 2021
23199Global Initiative against Transnational Organized Crime tashkiloti davlatlarning 2021 uchun Uyushgan jinoyatchilik darajasi bo‘yicha navbatdagi reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatda O‘zbekiston 90-o‘rinni egallagan.
Reyting mualliflari mamlakatlarni uchta mezon bo‘yicha baholadilar:
• Jinoiy bozorlarning ko‘lami va ta’siri;
• To‘rt turdagi jinoyatlarning tuzilishi va ta’siri (mafiya, jinoiy tarmoqlar, davlat idoralariga o‘rnatilgan jinoiy tuzilmalar va xorijiy jinoiy tuzilmalar);
• Mamlakatlarning uyushgan jinoyatchilikka chidamliligi.
Har bir mezon bo‘yicha mamlakatlar 1 dan 10 gacha bo‘lgan ball bilan baholanadi. Bunda 1 - eng yaxshi ssenariy (jinoyatchilikning pastligi, hokimiyatning jinoiy doiralarga qarshilik ko‘rsatishga tayyorligini anglatadi) hisoblanadi.
Reytingda birinchi o‘rinni Kongo Demokratik Respublikasi (7,75 ball) egallagan. Keyingi o‘rinlarda Kolumbiya (7,66) va Myanma (7,59) joy olgan. Jinoyatchilik avj olgan davlatlar o‘ntaligiga Meksika, Nigeriya, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Markaziy Afrika Respublikasi va Gonduras kirgan.
MDH davlatlaridan Rossiya 32-o‘rinni, Tojikiston 62-o‘rinni (5,61), Qirg‘iziston 72-o‘rinni (5,33), Ozarbayjon va Belarus 83-o‘rinni, Turkmaniston 113-o‘rinni (4,61), Moldova 123-o‘rinni, Qozog‘iston 133-o‘rinni va Armaniston 171-o‘rinni (4,26) egallagan.
Uyushgan jinoyatchilikning eng past ko‘rsatkichi Tinch Okeanidagi Tuvalu davlatida aniqlangan. Mamlakat 1,54 ball bilan 193-o‘rinni egallagan. Jinoyatchilikdan holi davlatlar o‘ntaligiga, shuningdek Nauru, San-Tome va Prinsipi, Lixtenshteyn, Samoa, Vanuatu, Marshall orollari, Kiribiti, Lyuksemburg va Monako kirgan.
LiveBarchasi