O‘zbekistonning JCHga chiqish imkoniyati qanday baholanmoqda?
Sport
−
21 noyabr 2024 20663 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashning 3-bosqich 6-turidan o‘rin olgan bahsda KXDR ustidan qozongan g‘alabasi evaziga O‘zbekiston terma jamoasining 2-o‘rin bilan mundialga chiqish imkoniyati 78 foizga baholanmoqda. Bu haqda “We Global” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Srechko Katanets shogirdlarining 1-o‘rin bilan JCHga chiqish imkoniyati 8 foizni tashkil etmoqda. Guruh peshqadami Eron esa katta ehtimol guruh g‘olibi sifatida mundialga yo‘l olishi kutilyapti. Forslarning 1-o‘rin bilan JCHga chiqish imkoniyati 91,3 foizga baholangan.

“A” kvartetida amaldagi Osiyo chempionati va 2022 yilgi mundial mezboni Qatarning to‘g‘ridan to‘g‘ri JCHga chiqish imkoniyati 1 foizga teng. Qatarliklarda faqat guruhda 4-o‘rinni band etib, 77,6 foiz bilan 4-bosqichda ishtirok etish imkoniyati yuqori.
“B” guruhida Janubiy Koreya va Iroq, “C” guruhida esa Yaponiya va Avstraliyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri Jahon chempionati chiptasini qo‘lga kiritishi kutilmoqda.
Live
BarchasiRyutte NATOni futbolga o‘xshatdi
07 iyul