O‘zbekistonning yangilangan FIFA reytingidagi o‘rni o‘zgarmadi
Sport
−
19 dekabr 2024 5251 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan reytingida 58-o‘rinni band etdi.
E’tiborlisi, terma jamoa o‘tgan oyda ham aynan 58-o‘rinni egallagandi. Osiyo jamoalari ichida O‘zbekiston reytingda 7-pog‘onani band etgan. Yaponiya (15), Eron (18), Koreya Respublikasi (23), Avstraliya (26), Qatar (48) va Iroq (56) reytingda O‘zbekiston terma jamoasini ortda qoldirdi.
FIFA jadvalida hamon amaldagi jahon chempionlari bo‘lmish Argentina terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. Kuchli beshlikka Fransiya, Ispaniya, Angliya va Braziliya terma jamoalari kiritildi.
Top-10'ga esa Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Italiya va Germaniya terma jamoalari kirishni uddaladi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr