O‘zbekistonning o‘smir dzyudochilari Osiyoda tengsiz bo‘ldi. Navbat yoshlarga
Sport
−
20 iyul 2022
3206Joriy yilning 18-19 iyul kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilib, unda O‘zbekiston terma jamoasi 16 davlat orasida umumjamoa hisobida 15 ta medal ( 6 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza) bilan birinchi pog‘onani egalladi.
Bugun, 20 iyuldan Bangkokda dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlanadi. Qit’aning 15 davlatidan jami 163 nafar dzyudochi ishtirok etadigan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘liq tarkib bilan medallar uchun tatamiga chiqadi.
Bugun o‘g‘il bolalar o‘rtasida -60 kg, -66 kg, -73 kg, qizlarda esa -48 kg, -52 kg, -57 kg va -63 kg vazn toifalarida g‘olib hamda sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.
O‘zbekiston dzyudochilarining ilk davradagi raqiblari:
-60 kg: Bahrom Boturov – Mendsayxan Nyamsuren (Mo‘g‘uliston)
-66 kg: Azizbek Ortiqov – Vipin Kumar (Hindiston)/ Yang Ji Xyuk (Janubiy Koreya)
-73 kg: Hojiakbar Toshev – Jang Jia-Xu (Xitoy Taypeyi)/Jun Do Von (Janubiy Koreya)
-48 kg: Xalimajon Qurbonova to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/2 finalda
-52 kg: Umida Jumaniyazova – Jang Se Yun (Janubiy Koreya)/Kiyal Amanturova (Qirg‘iz Respublikasi)
-57 kg: Shukurjon Aminova (O‘zbekiston) – Lin Vey-Ting (Xitoy Taypeyi)/ Kim Yeji (Janubiy Koreya)
-63 kg: Farangiz Rajabova – Kim Yu Na (Janubiy Koreya)
Ibrohim Davronov
LiveBarchasi