O‘zbekiston elchixonasi Kiyevdan ko‘chirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Kiyevdan Lvov shahriga ko‘chirildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. 

“O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Lvov shahrida joylashganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi TIV xabarida.

Vazirlik xabariga ko‘ra, elchixona diplomatlari tomonidan muntazam ravishda O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Ukrainaning turli hududlarida joylashgan vatandoshlar bilan doimiy aloqalar o‘rnatilgan.

Avvalroq, joriy yilning 28 fevralidan 11 martga qadar Polshadan O‘zbekistonga 25 ta aviareys tashkillashtirilgan hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 5 634 nafar o‘zbekistonlik Vataniga qaytarilgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing