O‘zbekistonning uch hududida “valyutchiklar” ushlandi
3-sahifa
−
01 aprel
5812Toshkent shahri, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi, DXX hamda IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan D.I. jami 5,3 ming dollarni fuqaro M.X.ga 66,8 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida jami 18 175 dollar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.D. va E.X. jami 3,5 ming dollarni fuqaro Sh.X.ga 44,1 million so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Shuningdek, departamentning Xiva shahri va Yangiariq tumani bo‘limlari tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar N.M. va R.P. boshqa bir fuqarodan 3,5 ming dollarni 43,8 million so‘mga sotib olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi