O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi

3-sahifa

image

Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ravshanbek Alimov 2020-2024 yillarda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan.

58 yoshli diplomat N.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetini, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini, Jorjtaun universitetini (AQSH) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1990 yilda viloyat darajasida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi) boshlagan. Keyin Prezident devonida, bosh vazir kotibiyatida, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2002-2008 yillarda esa O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi va o‘rindoshlik asosida Moldovadagi elchisi, shuningdek, Fransiyada va o‘rindoshlik asosida Portugaliyada elchi bo‘lib ishlagan.

Ravshanbek Alimov 2008 yildan buyon TIV tizimida. O‘tgan yillar davomida Moskvadagi elchixonada maslahatchi, markaziy apparatda bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimov 2016-2024 yillarda O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchisi bo‘lib ishlagan Akmal Qo‘chqorov o‘rniga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Vengriya, Xorvatiya va Sloveniyadagi elchisi bo‘lgan Oybek Shaxavdinov Chernogoriyadagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing