O‘zbekistonning tashqi qarzi kamaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi umumiy tashqi qarzi 2022 yil boshiga (39,6 mlrd dollar) nisbatan 1,8 foizga yoki 721,5 mln. dollarga qisqarib, joriy yilning 1 aprel holatiga 38,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank sharhida so‘z boradi.

2022 yilning I choragida davlat tashqi qarzi sof kamayishi, kurslar va narxlar o‘zgarishini inobatga olganda 1,5 foizga yoki 345,4 mln dollarga qisqarib, hisobot davri oxiriga 23,4 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Bunda, nomoliyaviy korxonalar davlat kafolati ostida jalb qilgan qarzlarining so‘ndirilishi hamda hisobot davrining oxirida davlat qimmatli qog‘ozlarining bozor narhi pasayishi hisobiga yuz bergan.

2022 yilning 1 aprel holatiga xususiy tashqi qarz 15,5 mlrd dollar bo‘lib, 2022 yilning boshiga nisbatan 2 foizga yoki 376,0 mln dollarga qisqarishi kuzatildi, ushbu kamayish asosan banklar, energetika sektori (neft va gaz) hamda tog‘-kon va metalurgiya sanoati tomonidan asosiy qarzlar bo‘yicha majburiyatlarni so‘ndirilishi hamda moliya bozoridagi qimmatli qog‘ozlar narxlarining pasayishi hisobiga ro‘y berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

270

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing