O‘zbekistonning sharqiy viloyatlarida bulduruq kuzatilmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 30 dekabr kuni O‘zbekistonning sharqiy Namangan, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida kuchli bulduruq hodisasi kuzatilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma’ruzalar kanalida xabar berildi.

Bulduruq – bu yangi atama emas. O‘zbek xalqida azaldan “bir bulduruq, uch qorga tatiydi” degan naql yuradi. 

“Bu hodisa kuz-qish mavsumlarida sovuq oqimning chekinishidan so‘ng, antitsiklon pereferiyasi davrida yuzaga keladi. Antitsiklon pereferiyasida havoda nisbiy namlikning o‘ta yuqoriligi(o‘ta qalin tuman), sezilar-sezilmas hududga xos shamollar hamda havo haroratining -5 darajadan past sovuq bo‘lgan paytda kuzatiladi. Bu paytda ko‘rinuvchanlik keskin cheklanib, havoda suv bug‘lari kristalizatsiyalashadi. Fizikada bu, sublimatsiya hodisasi deyiladi. Suv bug‘ining bug‘ holatdan qattiq holatga o‘tish jarayoni. Natijada, havoda kristalizatsiyalashgan zarrachalar yengil shamol kuchi ta’sirida daraxt shoxlari, simyog‘och va maysa ustiga yopishadi”, deydi sahifa muallif doktorant E. Abdulahatov.

Bulduruqning vodiy viloyatlarida davom etishi 30-31 dekabr kunlari ham kuzatilishi mumkin. Antitsiklon pereferiyasi butunlay chekingandan so‘ng, hodisa kuzatilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

bulduruq

Baholaganlar

993

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing