Qashqadaryo va Surxondaryoda bulduruq hodisasi kuzatilyapti

Jamiyat

image

Shu kunlarda Surxondaryoning shimoliy tumanlarida hamda Qashqadaryoning tog‘li hududlarida o‘ta qalin tuman tushishi va sovuq harorat kuzatilmoqda. Daraxt va simyog‘ochlar oppoq qorga burkangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Bu hodisada tuni bilan hammayoqda qor yog‘ib chiqqanday ko‘rinadi. Aslida, tabiatning bu hodisasi bulduruq (izmoros) deyiladi.

Bulduruq qalin tuman sabab ko‘rinuvchanlikning 50 metrgacha cheklanganida hamda haroratning 0 darajadan past bo‘lganida kuzatiladi. 

Namlikka o‘ta to‘yingan havo tarkibidagi suv kristallashib daraxt shoxlari va simyog‘ochlarga yopishib qoladi. Ya’ni qirov atrofni qor kabi qamrab oladi.

Bulduruqning sovug‘i juda kuchli bo‘lgani uchun o‘zbek xalqida "Bir bulduruq uch qorga tatiydi" degan maqol bor.


Maqola muallifi

Teglar

bulduruq

Baholaganlar

2118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing