O‘zbekistonning raqibi o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi

Sport

image
Bugun, 2 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasining mundialdagi raqibi Kolumbiya o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Unda Lotin Amerikasi vakillari Kosta-Rika terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bogotada bo‘lib o‘tgan bahsda kolumbiyaliklar safida Davinson Sanches, Luis Dias va Luis Xaver Suares gol urdi. Kosta-Rika terma jamoasining yagona golini Andrey Soto kiritdi.

Ma’lumot uchun, bugun, 2 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi ham Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bahsda Fabio Kannavaro shogirdlari 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Kolumbiya terma jamoasi Jahon chempionatining “K” guruhida Portugaliya, Kongo Demokratik Respublikasi va O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Mundialdagi ilk uchrashuv joriy yilning 17 iyun kuni aynan O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Kolumbiya Kosta-Rika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing