O‘zbekistonning raqibi Portugaliya ham mundial qaydnomasini e’lon qildi

Sport

image
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqibi Portugaliya terma jamoasi mundial uchun qaydnomasini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Portugaliya terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasi quyidagicha:

“Al-Nasr”ning 41 yoshli hujumchisi Portugaliya terma jamoasining yakuniy qaydnomasidan o‘rin oldi. Bu Krishtianu Ronaldu uchun faoliyatidagi oltinchi Jahon chempionati bo‘ladi. Portugaliyalik futbolchi ilk bor yirik xalqaro musobaqada 2006 yil ishtirok etgan edi.

Ma’lumot uchun, Portugaliya Jahon chempionatini joriy yilning 17 iyun kuni Kongoga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Roberto Martines shogirdlari O‘zbekiston terma jamoasi bilan uchrashuvi guruh bosqichining 2-turida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs joriy yilning 23 iyun kuniga rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi yana bir raqibi Kolumbiya terma jamoasi ham mundial uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilgandi.

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing