O‘zbekiston Osiyo kubogida Shimoliy Koreya bilan o‘ynaydi
Sport
−
09:30 1961 1 daqiqa
Kecha, 9 may kuni 2027 yil Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi musobaqasiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bahrayn, Shimoliy Koreya va Iordaniya terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin egalladi.

Ma’lumot uchun, avvalgi yillarda OFK jamoalarni savatchalarga ajratishda gibrid usuldan foydalanib kelgan. Unda FIFA reytingi va saralash bosqichi natijalari birlashtirilib, Jahon chempionati saralashining hal qiluvchi bosqichida ishtirok etgan jamoalarga ustunlik berilgan.
Aynan shu tizim tufayli 2019 yilgi Osiyo kubogi qur’asida O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi savatchadan ikkinchi savatchaga ko‘tarilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2027 yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi xavfsizlik nuqtai nazaridan noma’lum muddatga qoldirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. 24 ta jamoa ishtirok etadigan musobaqa 2027 yil 7 yanvardan 5 fevralgacha Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Qur’a tashlash marosimi esa dastlab joriy yilning 11 aprel kuni Ar-Riyod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.