O‘zbekistonning oltin zaxiralari miqdori 10 mln unsiyadan kamaydi
Jamiyat
−
22 Sentabr 2020
7029O‘zbekiston Markaziy banki mamlakatning zaxira aktivlari miqdori haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 2020 yilning 1 sentyabr holatiga O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 34 mlrd 617 mln dollarni tashkil qilgan.
Avgust oyida qariyb 2 mlrd dollarga 1 mln unsiya oltin sotilgan, shuning hisobiga oltin rezerv miqdori jami 18 mlrd 801,6 mln dollarni tashkil etmoqda.
Mamlakatning oltin zaxiralari miqdori yil boshidan beri birinchi marta 10 mln unsiyadan kamayib, 9,6 mln unsiyani tashkil qilmoqda.
O‘z navbatida, valyutadagi rezervlar miqdori qariyb 1,8 mlrd dollarga ko‘payib, 15 mlrd 439,7 mln dollarni tashkil qilayapti.
Avvalroq, O‘zbekiston joriy yilning o‘tgan 8 oyida 5,8 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lgan oltin sotgani haqida ma’lumot berilgandi. Oltin eksporti jami eksport ulushining 50 foizini tashkil etgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15