O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi qariyb $1 mlrdga ko‘paydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 1 mart holatiga 35 mlrd 360 dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan bir oyda mamlakatning xalqaro zaxiralari 935,3 million dollarga o‘sdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari (konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) miqdori bir oy davomida 983,2 million dollarga ko‘payib, 13 mlrd 528 million dollarni tashkil qilmoqda. 

Bir oyda O‘zbekistonning oltin zaxirasi hajmi 50,4 mln dollarga kamayib, 20,724 mlrd dollarga yetgan. Mamlakatning sof oltin zaxirasi fevraldagi 11,6 million troy unsiyadan 10,9 million troy unsiyagacha kamaygan.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning sof xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan 221,4 mln dollarga yoki 0,6 foizga oshgan. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1903,3 dollargacha o‘sishining ta’siri 1,1 mlrd dollarni tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made