O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2 mlrd dollardan ko‘proqqa kamaydi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli darajada pasaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Unga ko‘ra, 1 mart holatiga mamlakat zaxiralari dastlabki ikki oyda 2,37 mlrd dollarga kamayib, 32,2 mlrd dollarni tashkil etgan.

Xorijiy valyuta zaxiralari yanvar oyida 1,44 mlrd dollarga, fevralda esa 381,5 mln dollarga pasaygan. Natijada, ikki oyda jami pasayish 1,82 mlrd dollarga yetgan.

Valyuta zaxiralari 7,55 mlrd dollarni tashkil etgan holda, o‘tgan yilning sentyabridagi rekord darajadagi past ko‘rsatkichni yangiladi.

Mamlakat oltin zaxiralari yanvar oyida 293,7 mln dollarga oshib, 24,92 mlrd dollarni tashkil etgan. Biroq, fevralda 829,1 mln dollarga kamaygan.

Oltinning fizik hajmi yanvarda 0,3 mln troy unsiyaga oshganiga qaramay, fevral oyida dekabrdagi ko‘rsatkichiga (11,9 mln) qaytdi.

Markaziy bank xalqaro zaxiralar hajmidagi yil boshiga nisbatan o‘zgarishlar mavsumiy tusga ega ekanligini ta’kidlamoqda.

“Odatda yanvar-fevral oylarida kuzatiladigan tendensiya hisoblanadi. Mazkur dinamikaga 2019 yilda muomalaga chiqarilgan suveren Yevro obligatsiyalar bir qismining so‘ndirilishi ham ta’sir ko‘rsatgan”, deyiladi regulyator izohida.

2023 yilda O‘zbekiston dunyoning ikkinchi eng yirik oltin sotuvchisiga aylandi. Mamlakatning qimmatbaho metall bo‘yicha sof savdosi 25 tonnadan ortiqni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston oltin-valyuta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing