O‘zbekistonning Misrdagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
12 Oktabr 2021
6541O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining joriy yil 8 oktyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq Mansurbek Baxtiyarovich Qilichev O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qilichev diplomatiya sohasida 2002 yildan buyon ishlaydi. U vazirlik markaziy apparati va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida ishlagan.
- 2012-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasi birinchi kotibi;
- 2013-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi (BAA) Bosh konsuli;
- 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot tahliliy markazi direktori o‘rinbosari – yig‘ma tahliliy bo‘lim boshlig‘i;
- 2020 yildan elchi lavozimiga tayinlangunga qadar Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
U ingliz, arab va rus tillarini biladi. Qilichev oilali hamda uch nafar farzandning otasidir.
LiveBarchasi