O‘zbekistonning Korrupsiya indeksidagi o‘rni aytildi
Bu qiziq
−
31 yanvar 2023
16293“Transparency International” korrupsiyaga qarshi tashkilotining “Korrupsiyani aniqlash” indeksida 2022 yilgi natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston 126 o‘rinni egalladi.
Qayd etilishicha, reytingda 180 ta davlat qayd etilgan. O‘zbekiston o‘tgan yilgi reytingda 31 ball olgan, bu 2021 yilgi ko‘rsatkichdan 5 balga yuqori hisoblanadi.
Mazkur ko‘rsatkichda O‘zbekistonning qardosh mamlakatlaridan Qozog‘iston 101 o‘rinni, Qirg‘iziston 140 o‘rinni, Tojikiston 150 o‘rinni, Turkmaniston 167 o‘rinni egallagan.
Reytingning yuqori o‘rnini Daniya, Finlandiya va Yangi Zelandiya esa ikkinchi o‘rinni qayd etgan. Eng korrupsiyalashgan mamlakatlari qatorida Janubiy Sudan, Suriya va Somali kabilar joy olgan.
Ma’lumot uchun, “Transparency International” 1995 yildan beri faoliyat yuritadi. Tashkilot indeks butun dunyo bo‘ylab mamlakatlar va hududlardagi korrupsiyaning nisbiy darajasining yillik suratini taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Toshkent shahrida eng ko‘p ta’lim sohasida, 32 nafar shaxs korrupsiyaviy jinoyat sodir etgani aytilgan edi.
LiveBarchasi