O‘zbekistonning Koreyadagi elchisi vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Vasilevich Fen vafot etdi. Bu haqdagi xabarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘z ijtimoiy tarmoqlarida chuqur qayg‘u bilan ma’lum qildi.

“Vitaliy Vasilevich Fen butun umrini Vatanimizga xizmat qilishga bag‘ishlagan atoqli davlat arbobi, sport ustasi va professional diplomat edi. U 25 yil davomida O‘zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasini boshqardi hamda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Uning ko‘p yillik faoliyati O‘zbekiston-Janubiy Koreya aloqalarining mustahkamlanishida o‘chmas iz qoldiradi”, deyiladi xabarda.

Vitaliy Fen 1947 yilda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. U “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati”, shuningdek, Janubiy Koreyaning “Gvangxva” ordenlari bilan taqdirlangan.

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyilgan vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Koreya Vitaliy Vasilevich Fen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing