O‘zbekistonning xalqaro zaxirasi kamaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, 35,155 mlrd dollarni tashkil etdi. Ular mart oyiga nisbatan 205 mln dollarga kamaygan. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 10,9 mln troya unsiyasini tashkil qilgan. Uning moliyaviy qiymati qoldig‘i 160 mln dollarga ko‘paygan va 20,9 mlrd dollarga teng bo‘lgan. 

Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yilning boshidan 16,3 mln dollarga yoki 0,05 foizga oshdi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1924,10 dollargacha o‘sishining ta’siri 1,36 mlrd dollarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing