O‘zbekistonning Qobuldagi yangi elchisi tayinlandi
Olam
−
27 Oktabr
4260Oybek Orifbekovich Usmonov O‘zbekistonning Afg‘onistondagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
U tayinlovga qadar 2020-2024 yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Oybek Usmonov 1962 yil 24 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1985 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) sharqshunos-filologiya fakultetini tamomlagan. Ingliz, doriy va pushtun tillarida gaplasha oladi. 1998 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. 2001-2006 yillarda respublikaning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi va Falastin muxtoriyatidagi vakili, 2006-2011 yillarda Pokistondagi elchisi bo‘lgan. 2011-2020 Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Oybek Usmonov 2012-2024 yillarda Qobulda elchi bo‘lib ishlagan Yodgorxo‘ja Shodmonov o‘rniga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov “Tolibon” muvaqqat hukumati bosh vazirining ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Salom Hanafiy bilan uchrashuvda Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganini rasman ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi