O‘zbekistonning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Dastur tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2020–2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Qaror bilan 2020–2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi  tasdiqlandi. 

Dastur, jumladan, OTMlar,  bolalar musiqa va san’at maktablarini, tibbiyot muassasalarini, avtomobil yo‘llari, ko‘priklar hamda yo‘l o‘tkazgichlarini va boshqalarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlarni o‘z ichiga oladi.

Dasturni amalga oshirish uchun jami 48 598,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Qarorga ko‘ra, yo‘l qurilishi ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yo‘l bitumini markazlashtirilgan holda yetkazib berish tartibi bekor qilindi va uning belgilangan tartibda faqat pudrat tashkilotlari tomonidan sotib olinishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing