O‘zbekistonning ijobiy imiji konsepsiyasi ishlab chiqilyapti
Jamiyat
−
27 iyul 2019
3443O‘zbekiston xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy imidji konsepsiyasini yaratmoqda va qator davlatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov kecha, 26 iyul kuni TIVda o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilgan.
“Ayni vaqtda TIV boshqa vazirliklar bilan hamkorlikda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imidji konsepsiyasini ishlab chiqmoqda”, degan Axatov.
Unga ko‘ra, bu jarayonga e’tibor avvalo iqtisodiy rivojlanish uchun qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyatga ega. Ko‘p asrli tarix, mustahkam o‘rin olgan bag‘rikenglik va mehmondo‘stlik qadriyatlari, shuningdek, O‘zbekistonning resurs salohiyati bu jarayonning tuzilmasi hisoblanadi.
"O‘zbekiston jahondagi davlatlar o‘rtasida savdo, ishchi kuchi migratsiyasi, kapital, xalqaro kredit va valyuta munosabatlari yuzasidan o‘rnatiladigan aloqalarga faol kirishishdan manfaatdor”, deb xotima qiladi Axatov.
LiveBarchasi