O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ogohlantirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi konsullik ro‘yxatidan o‘tmagan fuqarolarga ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘radi.

“Ushbu ma’lumot favqulodda vaziyatlarda tez yordam ko‘rsatish uchun muhimdir”, deyiladi elchixona xabarida.

Elchixona tezkorlik bilan va masofadan turib konsullik ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolarga minnatdorchilik bildirib, ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarni belgilangan shaklda to‘ldirishga chaqirdi.

Bundan tashqari, favqulodda konsullik va yuridik yordam ko‘rsatish ishida o‘z vaqtida hisobga olish uchun shahar ma’muriyatlari tomonidan evakuatsiya va yashash joyidagi o‘zgarishlar, yangi aloqa ma’lumotlari haqida xabar berish so‘ralgan.

Konsullik bo‘limining aloqa raqamlari:

• 03-672-2466
• 03-672-2371
• 03-758-5075
• 03-758-5076
• 054-485-1397

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi elchixonasi G‘azo sektorida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida rasmiy bayonot bilan chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

elchixona Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing