O‘zbekistonning ikki vaziri Afg‘onistonga bordi (video)
Jamiyat
−
15 avgust
9627Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Afg‘onistonga bordi. Bu haqda “Sputnik Afg‘onistan” xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasini “Tolibon” muvaqqat hukumatidagi savdo vazirligidan Nuriddin Aziziy va Ahmadulloh Zohid qabul qilgan. Shuningdek, uchrashuvda Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Sohib Mamedov ham ishtirok etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar savdo, transport va logistikani rivojlantirish, foydali qazilma konlarini, jumladan uglevodorodlarni o‘zlashtirish, shuningdek, Afg‘oniston shimolida yiliga 1 million tonna quvvatga ega sement zavodi qurilishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” muvaqqat hukumatining sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga kelgandi.