O‘zbekistonning guruhdan chiqish imkoniyatlari keskin pasaydi
Sport
−
03:38 18283 2 daqiqa
Bugun, 26 iyun kuni Ekvador terma jamoasining Germaniya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba O‘zbekistonning Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlariga jiddiy ta’sir qildi.
Ushbu g‘alaba orqali Ekvador “E” guruhida 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi va uchinchi o‘rin sohiblari o‘rtasidagi umumiy reytingda birinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Natijada pley-off yo‘llanmasi uchun kurash yanada keskinlashdi.
Musobaqa nizomiga ko‘ra, guruhlarda uchinchi o‘rinni egallagan 12 ta jamoadan eng yaxshi 8 tasi pley-off bosqichiga chiqadi. Ayni paytda ushbu reytingning sakkizinchi o‘rnidagi jamoa ham 3 ochkoga ega.
Bu esa O‘zbekiston terma jamoasi uchun vaziyatni ancha murakkablashtiradi. Endilikda terma jamoa guruh bosqichining so‘nggi turida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi maydonga tushadi. Hozirgi holatga ko‘ra, O‘zbekiston pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qolishi uchun raqibini kamida to‘rt to‘p farqi bilan mag‘lub etishi talab etiladi. Shundagina Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi guruhdan chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ikki turdan so‘ng ochko jamg‘ara olmagan holda guruhda so‘nggi o‘rinda bormoqda. Kongo Demokratik Respublikasi esa Portugaliyaga qarshi uchrashuvdagi durang evaziga 1 ochko jamg‘argan holda 3-pog‘onani band etgan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs joriy yilning 28 iyun kuni Atlantada Toshkent vaqti bilan soat 4:30 da bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi