O‘zbekistonning FIFA Series’dagi raqiblari aniq bo‘ldi
Sport
−
19 yanvar 2940 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning mart oyidagi xalqaro tanaffus paytida FIFA Series doirasida Gabon, Venesuela hamda Trinidad va Tobago terma jamoalarining 2 tasiga qarshi uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston mezbonlik qiladigan turnir ishtirokchilari allaqachon aniqlangan. Fabio Kannavaro shogirdlari ushbu musobaqa doirasida Gabon, Venesuela hamda Trinidad va Tobago terma jamoalarining 2 tasiga qarshi uchrashuv o‘tkazadi.
2026 yilgi FIFA Series musobaqasi dunyoning bir nechta mintaqalarini qamrab olgan. Bu turnirga mezbon sifatida O‘zbekistondan tashqari Avstraliya, Ozarbayjon, Indoneziya, Qozog‘iston, Mavrikiy, Puerto-Riko va Ruanda davlatlari ham tanlab olingan.
FIFA 2026 seriyasi xalqaro musobaqalarda yangi format bo‘lib, turli konfederatsiyalardan kelgan milliy jamoalarga rasmiy saralash va qit’a turnirlaridan tashqari bir-biriga qarshi o‘ynash imkonini beradi.
Jamoalar dunyoning turli mintaqalarini ifodalovchi to‘rt jamoadan iborat guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhdagi har bir jamoa ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Live
Barchasi