O‘zbekistonning Dubaydagi bosh konsuli faoliyatini yakunladi
Jamiyat
−
08 yanvar
4889O‘zbekiston bosh konsuli Alisher Salomov Birlashgan Arab Amirliklaridagi missiyasini yakunladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Alisher Salomov BAA Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Rashid Abdulla Al Kasir bilan uchrashgan. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida BAA vakili Alisher Salomovga O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsuli lavozimida o‘tkazgan samarali besh yillik faoliyati uchun minnatdorlik bildirgan.
Ma’lumot uchun, Alisher Salomov 2019 yil yanvardan buyon O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulligiga rahbar lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir G‘aniyev ushbu mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlagandi.
LiveBarchasi
26 noyabr