O‘zbekistonning davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorning asl nusxasi e’lon qilindi
Jamiyat
−
01 Sentyabr 2022 20848 1 daqiqa
“O‘zarxiv” agentligi O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi Oliy kengash qarorining asl nusxasini e’lon qildi.
Aytish joizki, 1991 yil 31 avgustda Oliy kengashning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingan.
Mazkur qarorga muvofiq, 1 sentyabr Mustaqillik kuni, shuningdek dam olish kuni deb e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 1991 yil 31 avgustda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi qonun ham qabul qilingan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr