O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
15 noyabr 2023
4702Ravshan Usmonov O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
Ravshan Usmonov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya)ni bitirgan.
2000 yildan tashqi siyosat bo‘limida ish boshlagan, markaziy apparatda va O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Keyin u Tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlari va NATO bilan hamkorlik bo‘yicha direksiyasini boshqargan. 2018 yildan Usmonov O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi bo‘lib ishlayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Usmonov 2019 yildan buyon Londondagi elchi lavozimida ishlab kelgan Said Rustamov o‘rnini egalladi.
LiveBarchasi