O‘zbekistonning barcha hududida koronavirus aniqlandi, 2 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
11 iyun 2021
5414Kecha, 10 iyun kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yil 10 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 287 kishiga ortib, 102 892 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 6 nafari Andijon viloyatida;
- 4 nafari Buxoro viloyatida;
- 15 nafari Jizzax viloyatida;
- 17 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 4 nafari Navoiy viloyatida;
- 5 nafari Namangan viloyatida;
- 28 nafari Samarqand viloyatida;
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 20 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 9 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 5 nafari Xorazm viloyatida;
- 39 nafari Toshkent viloyatida;
- 132 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar;
- Andijon viloyatida 14 nafar;
- Buxoro viloyatida 4 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 19 nafar;
- Navoiy viloyatida 8 nafar;
- Namangan viloyatida 4 nafar;
- Samarqand viloyatida 26 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 13 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 18 nafar;
- Xorazm viloyatida 12 nafar;
- Toshkent viloyatida 37 nafar;
- Toshkent shahrida 166 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 98923 (+331) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 704 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3265 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi