O‘zbekistonning barcha hududida koronavirus aniqlandi, 1 kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 1 iyun kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida koronavirus aniqlanib, bir nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Joriy yil 1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 231 kishiga ortib, 100 726 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 4 nafari Andijon viloyatida;
  • 3 nafari Buxoro viloyatida;
  • 4 nafari Jizzax viloyatida;
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 1 nafari Navoiy viloyatida;
  • 1 nafari Namangan viloyatida;
  • 42 nafari Samarqand viloyatida;
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 5 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 3 nafari Xorazm viloyatida;
  • 50 nafari Toshkent viloyatida;
  • 102 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Jizzax viloyatida 8 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar;
  • Namangan viloyatida 3 nafar;
  • Samarqand viloyatida 40 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 22 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 3 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 4 nafar;
  • Xorazm viloyatida 10 nafar;
  • Toshkent viloyatida 27 nafar;
  • Toshkent shahrida 228 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 96569 (+346) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 691 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3466 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing