O‘zbekistonning ba’zi hududlarida qum bo‘roni ko‘tarildi (video)
Jamiyat
−
26 iyul 2021 10220 1 daqiqa
Bugun, 26 iyul kuni O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatida kuchli shamol esib, qum bo‘roni bo‘layotgani aytilmoqda. Shuningdek, Samarqand viloyatida ham kuchli shamol bo‘lmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tabiiy hodisa aks etgan videolavhalar tarqalmoqda. Ta’kidlanishicha, Qarshi shahrida elektr uzulishi holatlari kuzatilmoqda. Bu esa shahar svetaforlarining ishlamay qolishi va yo‘lda tirbandliklar yuzaga kelishiga olib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmati markazi Toshkent shahridan boshqa deyarli barcha viloyatlarning ba’zi hududlarida shamol changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Ma’lumot o‘rnida, bugun, 26 iyul kuni O‘zbekistonda kam bulutli va issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduz kunlari 41-44 darajani tashkil etadi, janubda va cho‘l hududlarda 45-46 darajagacha ko‘tariladi.
Ertaga, 27 iyundan boshlab respublikaning shimoliy hududlariga g‘arbiy Qozog‘iston orqali Volga bo‘yi hududidan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi va hafta davomida harorat asta-sekin pasayadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr