O‘zbekistonning AQSH bilan muloqoti qay yo‘ldan ketishi ochiqlandi
Olam
−
29 noyabr 2022
9266Bugun, 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidikov Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xennikni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Amerika strategik sheriklik munosabatlarinining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Tomonlarning faol va konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etilgan.
Rejalashtirilgan tadbirlar, jumladan, O‘zbekiston va AQSH Strategik sheriklik muloqotining navbatdagi yig‘ilishi bilan bog‘liq tashkiliy va mazmunli jihatlar muhokama qilingan.
Savdo, investitsiya, innovatsiya, qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.
Elchi AQSH ma’muriyatining O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘mak berish va pandemiyaga qarshi kurashda har tomonlama yordam ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini ta’kidlagan.
Mintaqaviy hamkorlik masalalariga, xususan, "C5+1" muloqot formati doirasidagi aloqalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashilgan. O‘zbekistonning afg‘on xalqiga ko‘maklashish va qo‘shni mamlakatda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlari yuksak baholangan.
Uchrashuvda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikela Meredit ham ishtirok etgan.
LiveBarchasi