O‘zbekistonning 9 oylik mandarin importi qanchaga tushdi?
Bu qiziq
−
02 yanvar 2023
80992022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,4 mln dollariga teng bo‘lgan mandarin mevasini xarid qilgan. Xaridning umumiy hajmi 45,6 ming tonnani tashkil qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Shuningdek, mandarin importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,4 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 11 oyda mandarin mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Pokiston – 36,7 ming tonna
Turkiya – 3,6 ming tonna
Xitoy – 3,2 ming tonna
Eron – 503 tonna
Misr – 442,2 tonna
Estalib o‘tamiz, O‘zbekistonda yetishtirilgan anor va xurmo mevalarini qaysi davlat eng ko‘p xarid qilgani xususida ma’mulot berib o‘tgan edik.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi