Qaysi davlat o‘zbek anori va xurmosining eng katta xaridori ekani ma’lum qilindi

Bu qiziq

image

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston jami 1 mlrd dollarli meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Shuningdek, o‘tgan 11 oy davomida eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlari eksport qilingan davlatlar ro‘yxati taqdim qilindi. Unga ko‘ra, eng ko‘p o‘zbek mevasi Qozog‘istonga sotilgan bo‘lib, umumiy hajmi 606,6 tonnani tashkil qilgan. Keyingi o‘rinlarda esa 512,5 ming tonna Rossiyaga, 146 ming tonna Qirg‘izistonga sotuv jarayoni amalga oshgan.

Xaridorbop mevalar: anor va xurmo eksporti 2022 yilning 11 oyida sezilarli darajada o‘sgan. O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga qiymati 17,3 mln dollarga teng bo‘lgan 18,1 ming tonna anor eksport qilgan. Shu jumladan, Rossiya 9,9 ming tonna miqdorida O‘zbekistonning anor mevasiga bo‘lgan eng katta xaridni amalga oshirgan.

Bundan tashqari, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston qiymati 43,4 mln dollarga teng 71,6 ming tonna xurmo mahsulotini eksport qildi. Bu 2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 9,8 ming tonnaga ko‘payganini ko‘rish mumkin. Xurmo eksportining eng katta hajmi ham Rossiya davlatiga  –  40,8 ming tonna miqdorida sotilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

436

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing