O‘zbekistonning 4 hududida emlanganlar 50 mingdan oshdi
Jamiyat
−
24 aprel 2021
2118Kecha, 23 aprel kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab, jami 18 422 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 528 751 nafarga yetdi.
23 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Surxondaryo viloyati (2965 nafar);
- Qashqadaryo viloyati (2418 nafar);
- Samarqand viloyati (2298 nafar);
- Toshkent viloyati (1862 nafar);
- Namangan viloyati (1800 nafar);
- Farg‘ona viloyati (1656 nafar) band qildi.
E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:
- Farg‘ona viloyatida 72 413 nafar;
- Namangan viloyatida 56 760 nafar;
- Andijon viloyatida 51 770 nafar;
- Samarqand viloyatida 51 500 nafar tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023