O‘zbekistonning 10 ta viloyatida yer qimirladi
Jamiyat
−
12 fevral 2021
15979Bugun, 12 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 22:01 da (Grinvich bo‘yicha 17:01 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 38,17 gradus shimoliy kenglik; 73,45 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,8. Chuqurlik 87 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 499 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Toshkent: 499 km, 2 - 3 ball.
- Namangan: 349 km, 3 ball.
- Andijon: 306 km, 3 ball.
- Farg‘ona: 285 km, 3 ball.
- Guliston: 477 km, 2 ball.
- Jizzax: 530 km, 2 ball.
- Samarqand: 585 km, 2 ball.
- Termiz: 553 km, 2 ball.
- Qarshi: 671 km, 2 ball.
- Navoiy: 728 km, 2 ball.
LiveBarchasi
Andijon aeroporti qayta ochildi.
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart