O‘zbekistonning Paragvayga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi
Sport
−
05 noyabr 4034 1 daqiqa
Bugun, 5 noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Paragvayga qarshi bahs uchun asosiy tarkibi aniq bo‘ldi.
Islom Ismoilov shogirdlari Paragvay qarshi uchrashuvni quyidagi tarkib bilan boshlaydi.
.jpg)
48 ta jamoa ishtirokida bo‘lib o‘tadigan kichik mundialning “J” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jahon chempionatidagi navbatdagi bahsni 8 noyabrda Irlandiyaga qarshi, guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvini esa 11 noyabr kuni Panama o‘smirlariga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, 2023 yilda Indoneziyada bo‘lib o‘tgan FIFA U-17 Jahon chempionatida Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqaning chorak finaliga qadar yetib borgan edi. Chorak finalda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Fransiya U-17 jamoasiga imkoniyatni boy bergan edi.
Live
Barchasi