O‘zbekistonliklarning suvdan qarzdorligi qancha?
Jamiyat
−
27 fevral
6868O‘zbekistonda iste’molchilarning suvdan debitor qarzdorligi 954 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, ushbu qarzdorlikning 767 mlrd. so‘mi jismoniy shahslarga, 186 mlrd. so‘mlik qarzdorlik yuridik shaxslarning hissasiga to‘g‘ri kelyapti.
Akmal Murodovga ko‘ra, joriy yil yanvar oyi holatida debitor qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha sudlarga jami 13,6 mlrd so‘mlik da’vo arizalar kiritilgan. Respublika bo‘yicha sudlarga eng ko‘p da’vo arizalari Toshkent shahri va Samarqand viloyati suv ta’minoti korxonalari tomonidan chiqarilgan.
“O‘zsuvta’minot” AJ va hududiy suv ta’minoti korxonalari tomonidan joriy yil boshidan buyon o‘tkazilayotgan maxsus tadbirlar davomida 696 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlangan. Bulardan jami yetkazilgan zarar 5,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
LiveBarchasi