O‘zbekistonliklar uchun AQSH vizasini olish osonlashadimi?

Jamiyat

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘zbekistonliklar uchun viza olish shartlarini osonlashtiradimi? Bu barchani qiziqtirayotgan savollardan biri. Biz aynan shu savol bilan joriy yilning 6 aprel kuni QALAMPIR.UZ tahririyatiga tashrif buyurgan AQSHning O‘zbekistonga yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henikka yuzlandik

Suhbat davomida elchi Qo‘shma Shtatlar o‘zbek mehnat muhojirlari sonini Green Card tizimi yoki ishchi vizalari bilan ko‘paytirish niyati bor yoki yo‘qligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Jonatan Henikning fikrlariga ko‘ra, AQSH hukumati imkon qadar ko‘proq o‘zbekistonliklarning mamlakatga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishini istaydi.

“Green Card’ga kelsak, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham etnik o‘zbek bo‘lgan amerikaliklarning salmoqli va o‘sib borayotgan guruhi bor. Shu sabab, ikki o‘rtada tobora ko‘p sayyohlar almashinuvini ko‘rishni xohlaymiz, tobora ko‘proq ishbilarmonlarning bordi-keldi qilishlarini istaymiz. Bunday almashinuv – ikki millat o‘rtasidagi almashinuv – ikki tomonlama sog‘lom munosabatlar uchun juda muhimdir”, deydi elchi.

Shuningdek, elchi janoblari mamlakatda ishlash masalasiga to‘xtalib, Qo‘shma Shtatlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning harakati bilan O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirishga ko‘maklashish, o‘zbeklar O‘zbekistonda qolishi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish borasida rejalarni ilgari surayotganini ta’kidlagan.

“Bizda mehnat ko‘nikmalarini o‘rgatish, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, biznesni rivojlantirish, O‘zbekistonning xorijga mahsulot va xizmatlar eksport qilish qobiliyatini oshirishga qaratilgan dasturlar bor. Shunday ekan, fikrimizcha, o‘zbekistonliklar O‘zbekistonda yaxshi, yuqori maoshli ish topishlari reallikka aylanayotgan bir paytda ummon ortiga ish izlab borishlariga unchalik ham hojat yo‘q”, deydi Henik.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistonga yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik bilan to‘liq intervyuni QALAMPIR.UZ'ning YouTube sahifasida tomosha qiling.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Green Card Jonatan Henik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing