O‘zbekistonliklar sog‘lig‘i uchun qancha pul sarflagani aytildi
Jamiyat
−
06 dekabr 2025 2477 1 daqiqa
2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:
- Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m;
- Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m;
- Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m;
- Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston – 285,6 mlrd so‘m;
- Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 foizga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 foizni tashkil etgan.
Live
Barchasi